O‘zbekistonda
yaratilgan
Mamlakatning eng yaxshi tadbirkorlari tajribasi. Yaxshiroq bo‘lishga yordam beradigan bilimlar.
Bu kitob — uni yozish istagidan emas, oddiy suhbatlardan boshlangan. Unda o‘ttizta qahramon hikoyasi jamlangan. Bular: bankirlar, restoratorlar, AT sohasi vakillari va ishlab chiqaruvchilar. Shuningdek, 90-yillarda bozorda yuk tashib ish boshlaganlar va shu yili yangi investitsiya raundini yopganlar… Men bir xil insonlarni qidirmadim: tajriba qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularni birlashtirib turgan narsa ham shunchalik yaqqol ko‘rinadi.
Deyarli hech kimning asosiy maqsadi pul bo‘lmagan. Ular odamlar haqida o‘ylashgan. Deyarli har bir qahramon hamma ishi barbod bo‘lishiga ozgina qolgan lahzani eslaydi. Biroq ular uchun eng muhimi — o‘sha lahza emas, balki ularning to‘xtamagani.
Bu darslik emas. Har bir suhbat monolog shaklida — qahramon qanday gapirgan bo‘lsa, shunday yozilgan. Kitobni orqasini o‘girsangiz — xuddi o‘sha o‘ttizta suhbatni rus tilida o‘qiy olasiz.
Kitobdagi qahramonlar
30 tadbirkor- Aziza Ibragimova Hamkorbank
- Akmal Payziev eks-MyTaxi
- Alina Tsimerman ЧайКоф
- Alisher Akramov AB Group
- Botir Arifjanov eks-Paynet
- Gulya Davlatov Buka Fit
- Zukhursho Rahmatulloev ALIF
- Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan
- Madina Samigjanova Safia
- Nika Kurdiani TBC Uzbekistan
- Rinat Alimuhamedov Sherin
- Roman Sayfullin eks-Makro
- Saidumar Nabiev Megawatt Motors
- Suren Sapov Afisha Media
- Ulugbek Rustamov CLICK
- Farruh Ziyaev eks-Payme
- Farhod Makhmudov Oson
- Mirzo Talibov Asklepiy
- Shuhrat Hudaykulov Uzbekistan Airways
- Dildora Atajanova Teodora Goods
- Ulmas Yuldashev SamAuto
- Shuhrat Shamsuddinov Mirabad Square
- Oliver Hughes eks-Tinkoff Bank
- Timur Musin Caravan Group
- Ibragim Hamroev Mergantex
- Muzaffar Razakov Global Textile
- Saidakmal Vahobov QAND
- Anvar Abdukayum Toy Bola
- Anvar Irchaev Universalbank
- Zafar Hashimov Korzinka.uz